Cinerama ilovasini quyidagi usullar bilan o'rnatishingiz mumkin:
Smart TV
Smart TV (Samsung) o'rnatish
- *.tmg faylini va widget.license ni USB fleshkaga userwidget papkasiga nusxalash
- USB fleshkani televizorga ulang, shundan so'ng bizning Cinerama ilovamiz avtomatik tarzda o'rnatila boshlaydi
- Muvaffaqiyatli o'rnatilgandan so'ng, pultdagi Smart Hub tugmasini bosing va Mashhur - Ilovalar - Mening ilovalarimni tanlang
- Ishga tushirish uchun qo'shilgan ilovaga o'ting va pultda OK tugmasini bosing