Bekzod haqiqiy yolgʼonchi boʼlib, doim vaziyatdan chiqish uchun, yolgʼon gapirardi. Buning oqibatida esa, koʼp muammolarga duch kelardi. Kunlardan bir kuni u tasodifan koʼchada yigʼlayotgan qizchani koʼrib, rahmi keladi va uning qoʼgʼirchogʼini taʼqiqlangan joyga bolalar otib yuborganligini bilib, oʼsha yerdan olib bermoqchi boʼladi. Shunda uni kuchli tok urib, bir zumga hushidan ketadi. Hushiga kelgach, qoʼgʼirchoqni qizchaga beradi va oʼzi yoʼlida davom etadi. Shunda u kutilmaganda, qanday yolgʼon gapirsa ham, oʼsha yolgʼoni rostga aylanayotganligini sezib qoladi. Bir qiz bilan uchrashuvga borayotib, oʼzini qanday kiyimda desa, egnida oʼsha kiyim paydo boʼlib qoladi. Soʼng, qizga “lasetti mashinam bor” desa, rostdan ham choʼntagida kalit paydo boʼlib, lasetti mashinasiga ega boʼladi. Bu ahvol qachongacha davom etadi? Bekzodning bu xislati unga qanchalik qimmatga tushadi? Buning uchun nimalarni boy berishi mumkin?