yandex image

Tavba - Sudxo'r ayol Русский

О фильме

Nodira xola va oʼgʼli sudxoʼrlik bilan shugʼullanishadi. Ular juda noinsof boʼlib, qarzni bir kun kechikkan kuni uchun ham foiz olishadi. Qarzini toʼlay olmaganlarning uylarini oʼz nomiga rasmiylashtirib olishdan ham qaytishmaydi. Nodira xolaning nabirasi Erkin, oddiygina ustaning qizi Lolani sevadi. Аmmo, Lolaning oilasi uni sudxoʼr xonadonga turmushga berishni istamay, sovchilarni rad etishadi. Bunga chidolmagan Nodira xola Lolaning uyiga kelib, Lolaning ota-onasini haqorat qiladi. Ularga alam qilishi uchun, nabirasi Erkinning singlisini prokurorning oʼgʼliga uzatayotganligini ham aytib keriladi. Erkin esa, Loladan voz kechishni istamaydi. U buvisidan sudxoʼrlikdan kechishini, birovlarning gʼami evaziga boylik orttirishdan toʼxtashini iltimos qiladi. Аmmo, Nodira xolaning koʼzlarini pul koʼr qilgandi. U nabirasini koyib tashlaydi. Shu orada Erkinning singlisi giyohvand boʼlib qolgani maʼlum boʼladi va bu holat tez orada hammaga oshkor boʼladi. Kuyov taraf ham boʼlajak kelindan voz kechishadi. Bu kutilmagan koʼngilsizlikdan Nodira xola boshini ushlab qoladi. Oʼgʼli yuargi xuruj qilib, kasalxonaga tushadi. Аmmo, hali boshqa dahshatli voqealar oldinda edi... Erkin va Lolaning muhabbati qanday yakun topadi? Nodira xolaning qiz nabirasi giyohvandlikdan xalos boʼladimi? Nafs balosiga uchragan sudxoʼr ayolni kelgusida nimalar kutyapti?

  • Страны:

  • Жанры:

  • Длительность:

    1 ч 3 мин

  • Ограничение:

    12+

  • Языки:

    und

  • Оценки:

    0.0

    0.0