yandex image
Muslima

О фильме

Baxtiyorning xotini oilaviy turmushga sabr qilolmay, yengiltaklik qilib ajrashib ketadi. Baxtiyorni tushkunlikka tushganini koʼrgan doʼstlaridan biri, uni ataylab chalgʼisin deb, Madina ismli qoʼshmachi ayol va u topgan yangi qiz Nigina bilan birga dala hovliga olib boradi. Dala hovlida uning boshqa doʼstlari ham yigʼilishgan edi. Nigina oʼzini noqulay his qilib, nariroqqa borib, biroz toza havodan nafas olib turganda, oʼzi kabi chetga chiqib olgan Baxtiyorga duch kelib, ikkovi oʼzaro gaplashib qolishadi. Shunda Baxtiyor Niginani yengiltak qiz emasligini, Madinaning qoʼliga tasodifan, soddalik qilib tushib qolganligini anglaydi. Nigina yetim qolgan va hech kimi boʼlmagani uchun, kelinoyisi uydan haydab solganiga, koʼchada qolgan. Soʼng, bekatda qaerga borishini bilmay oʼtirganda, Madinaga duch kelib, uni bu ayol yolgʼondan mehribonchilik qilib uyiga olib ketgan edi. Аmmo, u hali Niginani biror erkakka sotib ulgurmaganini bilib, Baxtiyor qizni qoʼshmachi ayoldan qutqarishga va uning hayotini toʼgʼri yoʼlga solishga ahd qiladi. Baxtiyor oʼz maqsadini amalga oshira oladimi? Nigina-chi? Shu qiz uchun oʼz doʼstlariga qarshi chiqqan Baxtiyorning taqdiri qanday kechadi? Nigina yangi hayotni qanday qabul qiladi?

Похожие

  • movie-card-skelton


  • movie-card-skelton


  • movie-card-skelton


  • movie-card-skelton


  • movie-card-skelton


  • movie-card-skelton