Boʼri Doʼstov 3 ta abituriyentdan 15 ming dollar olib, test javoblarini yechib berganlikda ayblanadi. Аslida esa, u oʼzining sheriklarini yashiradi. Shunda tergovchi uning qoʼliga daftar berib, hammasini yashirmay yozib berishni taklif qiladi. Boʼri oʼylanib qoladi. Soʼng, hammasi nimadan boshlanganligini eslaydi. Аslida hammasi oʼzi oʼqishga kirayotganda, Saida ismli qizni yoqtirib qolib, unga yordam berishdan boshlangan edi. Soʼng, institut oʼqituvchilaridan biri buni sezib qolib, Saidaning otasi ham institutda oʼqituvchi ekanligi yuziga solib, “otangiz test javoblarini bilib bergan” deb, u va otasiga qarshi jinoiy ish ochishini aytib, unga tahdid qilgandi. Shunda Boʼri oʼsha oʼqituvchining yoniga kirib, haqiqatni aytib, Saidani tinch qoʼyishini soʼragan. Oʼqituvchi rozi boʼlib, undan tilxat yozdirib olgan. Soʼng, Boʼrining onasi qishloqdan ukasini davolatish uchun keladi. Ukasining kasali ogʼirroq boʼlib, davolatish uchun ming dollar zarur boʼladi. Boʼri shaharda tanishlari yoʼqligi uchun, noiloj yana oʼsha oʼqituvchidan yordam soʼraydi. Oʼqituvchi esa, bundan foydalanib, Boʼri boshqalarning test sinovlarini yashirincha yechib berishga koʼndiradi. Shu tarzda uning yashirincha boshqalar uchun test sinovlarini yechib berish “faoliyati” boshlangan edi... Аmmo, u bu “faoliyati” unga qanchalik muammolar olib kelishini kutmagan edi...