yandex image
Qudajonlar

Qudajonlar

Кудажонлар

--
--
12+
Год:2012
Tilaboldining onasi oʼgʼlini tagli-tugli, badavlat xonadon qiziga uylantirishni istaydi. Lekin, Tilaboldining koʼngli institutga yangi kelgan kursdosh qizda edi. U nihoyat, koʼnglidagi gapni onasiga tushuntiradi. Onasi ham, darrov qizning uyiga sovchilikka borib, uning buvisiga roʼpara boʼladi. Qizning buvisi oqila, milliy urf-odatlarimizni qadrlaydigan ayol boʼlgani uchun, kelgan sovchi ayolning pul, boylik, taqinchoqlarga oʼchligini sezib, rad javobini berib qaytarib yuboradi. Bu esa, Tilaboldining onasiga qattiq alam qiladi. U jahl ustida shartta “Sovchilar agentligi”ga murojaat qiladi. Ona u yerdan oʼgʼli uchun kelinlikka mos qizni topa oladimi? U yerdan hali nechta xonadon qizlarini borib koʼradi? Tilaboldi-chi? Kursdosh qizga boʼlgan muhabbatidan voz kecha oladimi? Ona-bola hali bu agentlikda oʼzlarini nimalar kutayotganidan bexabar edilar.
  • Саида Раметова
  • Азиз Раметов
  • Зухра Ашурова