Ilhomning uyiga meteorit toshning bir kichik boʼlakchasi tushadi. Oʼsha kuni Ilhomning uyida sumalak bazmi boʼlishi kerak. U esa, oʼsha kuni sevgilisi Goʼzal bilan uchrashishi kerak edi. Аmmo, uyda muammo chiqaverib, hech hovlisidan chiqib keta olmaydi. Аvvaliga ota-onasi qozon olib kelishni aytishadi. “Olib kelib qoʼyganman” desa, oʼtin tashittirishadi. Soʼng, olov yoqib, hammayogʼi qop-qora boʼladi. Keyin kiyimini almashtirib chiqsa, egniga suv toʼkilib ketadi. Bu yoqda sumalak kavlagan onasi esa, kutilmaganda yosharib qoladi. Singlisi Lola buni birinchi boʼlib koʼrib, hayratda qoladi. Ilhom nima qilishni bilmay qoladi. Bu orada sumalak bazmiga rosa koʼp mehmonlar kelishadi. Ilhom onasini yana asliga qaytarishni istaydi. U buni uddalay olarmikan? Sumalak bazm qanday oʼtishi ham shunga bogʼliq edi...