«Baxt ortidagi dard» (Уз Видео, Бахт ортидаги дард, драма, узбекистан, 2015) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Baxt ortidagi dard

Бахт ортидаги дард

--
--
12+
Год:2015
Жанр:Драма
Suhrob Shamsiddinov amnistiya bilan qamoqdan chiqib, Toshkentga yoʼl oladi va nima uchun qamalganligini eslaydi. U kursdoshi Gulhayoni sevar, unga sovchi yubormoqchi edi. Аmmo, onasi unga toʼy qilish uchun pul kerakligini aytadi. Otasi esa, soddalik qilib, yiqqan hamma pulini qoʼshnisi Safar akaga qarzga bergandi. Safar aka esa, noinsoflik qilib, otasidan olingan bermay, tonib yurgandi. Suhrob uning uyiga chiqib toʼgʼrilikcha gapirsa, Safar aka qoʼrslik qilib, unga tashlanib qoladi. Suhrob ham, oʼzini himoya qilish uchun, uni itarib yuborganda, Safar aka bexosdan yiqilib, boshi toshga tegib, oʼsha yerning oʼzida vafot etadi. Suhrob, shu tarzda ozodlikdan mahrum etilgan edi. U qamoqdan chiqib, uyga kelayotganda, taksida shularni eslab keladi. Uni Nurali degan taksichi olib kelib qoʼyadi. Yoʼlda u mashinada uxlab qolganida, qolgan yoʼlovchilardan biri, sezdirmay uning hamyonini oʼgʼirlab, mashinadan tushib ketadi. Manzilga yetganda, Suhrob hamyonini topolmay, noiloj taksichiga pul oʼrniga oʼzini qadrli soatini yechib beradi. Taksichi insofli yigit boʼlib, unga soatini qaytarib berib, oʼz tashrif qogʼozini tutqazadi. “Аgar ish kerak boʼlsa, qoʼngʼiroq qil” deydi. Chunki, u aslida taksichi emasdi. Uyga qaytgan Suhrob, oilasi tangroq ahvolga tushib qolganini koʼrib, oʼylanib qoladi. Аfsuki, u institutdagi oʼqishini qayta tiklay olmaydi. Soʼng, noiloj Toshkentga borib, oʼsha yerda ish topib, oyoqqa turishga harakat qiladi. Oradan 3 oy oʼtadi. Аmmo, u sevgilisi Gulhayoning yoniga borishga yuzi chidamaydi. Endi Suhrob oʼz hayotini yana qaytadan boshlay olarmikan? Bunga irodasi yetarmikan?