Juda badavlat Umar aka oʼzining ogʼir betobligini bilib qoladi. Uning xotini Shodiya bevaqt vafot etgan, oʼzi birgina qizi Sadoqatni voyaga yetkazgan. Doʼsti shifokor Poʼlat unga 3 oy umri qolganini aytadi. Shunda Umar aka, yolgʼizgina qiziga mos kuyov topishni oʼylaydi. Oʼylab, oxiri sinashta deb, doʼsti Bahodirning oʼgʼli Umidni kuyovlikka munosib koʼradi. Hamma ishini unga topshiradi. Аmmo, qizi Sadoqat bunga rozi boʼladimi? Uning koʼngli aslida kimda? Bahodir va uning oʼgʼli Umid, Umar akaning ishonchini oqlasharmikan?