Filimda Aziza timsolida yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha sudyalarga bag‘ishlanadi. Serialning maqsadi sudyalar ham boshqa insonlar kabi xatolarga yo‘l qo‘yishi, o‘z vaqtida xatolarini tuzatishi va eng asosiysi, ular ham barcha odamlardek oddiy insonlar ekanligi, lekin ularning hayotdagi bosh g‘oyasi adolat va haqiqatni qaror toptirishga xizmat qilish ekanligini tomoshabinga badiiy talqinda yetkazishdan iborat.