Fil'mda bir necha taqdirlar ko‘rsatilgan. Sartarosh Zafarni elektr o‘chish muammosi qiynaydi. U bechora bundan shikoyat qilib borsa, uni ketma-ket har xil odamlarga yuborib sarson qilishadi. Oxiri yana qaytib o‘z qishlog‘idagi elektr montyorni yoniga borib qoladi. U esa, Zafardan pul so‘raydi. Zafar u bilan urishib ketgani uchun, qamoqqa olinadi. Bir yosh bolakay o‘z o‘rtog‘iga, uni chanada tortib yursa, so‘ng chanasini uchishga berib turishini aytadi. Ammo, va'dasida turmaydi. Tog‘da yashaydigan yigit esa, jazmani uni kamsitganidan so‘nggina o‘z rafiqasi qadrini tushunib yetadi...