Filmda Alijon ismli mehnatsevar olim haqida so‘z boradi. U o‘z umrini pillachilikka baxshida qilgan. Uning urinishlari necha yildirki, samarasiz. Shunga qaramay, u o‘z sevgan kasbidan voz kecholmaydi. Shuningdek, u o‘z laboratoriya jihozlarini uyiga ko‘chirib olib, tun-u kun tinimsiz ishlaydi. Kunlarning birida qishloqdan otasi mehmonga keladi-yu, o‘g‘lining mukkasidan ketib ishlayotganidan jahli chiqib, unga tanbeh beradi. Ota-o‘g‘ilning bu safargi suhbati Alijon hayotida keskin burilish yasalishiga sabab bo‘ladi