Onaizor
--
--
12+
Год:2011
Страна:Узбекистан
Жанр:Драма
Zilola onasining hohishi bilan oila qurgan. Eri ham, unga ota-onasining majburlashiga koʼra uylangan. Аmmo, bu koʼngilsiz turmush uzoqqa choʼzilmaydi. Oʼgʼli Аli tugʼilgach, Zilolaning eri unga boshqani sevishini aytib, uydan haydab yuboradi. Buning ustiga “yuzimni yerga qaratding” deb, onasi ham uni uyga kirgazmaydi. Koʼchada qolgan Zilola noiloj ijara uy topadi. Farroshlik qilib, oshxonalarda idish-tovoq yuvib, qiynalib boʼlsa ham, oʼgʼli Аlini voyaga yetkazadi. Аli ham, aqlli, halol, oʼz mehnati bilan onasiga yordamlashadigan yigit boʼlib voyaga yetadi. U dizaynerlikka juda qiziqar va u chizgan eskizlar hammani hayratlantirardi. Аmmo, ona-bolani oldinda mudhish sinovlar kutib turardi. Koʼcha bolalaridan bir nechtasi Аliga tish qayrab, oxiri bir kuni uni pichoqlab qoʼyishadi... Аli tirik qoladimi? Bu olamda oʼgʼli Аlidan boʼlak hech kimi yoʼq shoʼrlik onaizor Zilolaning taqdiri qanday kechadi?
Похожие