«Onaizor» (драма, узбекистан, 2019) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Onaizor

--
--
6+
Год:2019
Жанр:Драма
Toshkesarning keksa onasi, u va uning ukasi Toshpoʼlatni bevalikda halol mehnat bilan katta qilgan. Toshkesarning oʼzi ham, halol, mehnatkash yigit. Hammaga astoydil yordam qiladi. Hamqishloqlar ham, uni yumshoqkoʼngil ekanligidan foydalanib, doim ogʼir yumushlarni buyuraverishadi. Bechora Toshkesar baʼzida birovga yordam qilib, tuhmatga ham qolib ketadi. Masalan, Sattor tajangni xotini Zubaydaga keksa tegirmonchi aytgani uchun yordam qilib, uni uyiga qopda un olib borgan edi. Ust-boshi un boʼlib ketganiga, ustki kiyimini yechib, qoʼlini yuvib turgani ustiga rashkchi Sattor tajang kelib qolib, uni xotiniga jazman gumon qilib, rosa doʼpposlaydi. Bir safar onaizorning oʼzi qoʼshnining tovugʼini bexosdan oʼldirib qoʼyadi. Soʼyib olib chiqsa, qoʼshni ayol, tovuq pulini toʼlashni talab qilib turib oladi. Onaizor noiloj xuddi shunday tovuq sotib olib, qoʼshniga beradi. Аmmo, Toshkesarning sabr kosasi ham bir kuni toʼlib yetadi. Chunki, hamqishloqlaridan biri, uni rassom ukasi Toshpoʼlatni, oʼzining suratini chizib bermagani uchun, sharshara yonidagi jarga uloqtirmoqchi boʼlganidan xabar topadi. Toshkesar ukasi Toshpoʼlatni qutqarib qola oladimi? Oʼgʼillarini bevalikda ulgʼaytirib, endi rohatini koʼrish umidida yurgan onaizorning holi nima kechadi? Toshkesarni oldinda nimalar kutyapti?