«Osmondagi bolalar» (комедия, приключения, семейный, узбекистан, 2002) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Osmondagi bolalar

--
--
12+
Год:2002
Hamdam, Xurshid, Javohir va Baxtiyor har xil boʻlishsa-da, bolalikdan birga oʻsgan doʻstlardir. Baxtiyorning otasi — badavlat tadbirkor. Xurshidning otasi esa — ishsiz rejissor. Kinematograf ishqibozi Hamdam novvoy boʻlib ishlaydi, biroq uning araqxoʻr otasi uning pullarini sovuradi, shaxsiy buyumlarini, videomagnitofonini sotib yuboradi. Javohirning otasi esa — tramvay haydovchisi. Doʻstlar birga ulgʻayishadi,Baxtiyorning otasiga tegishli Mercedes-Benz W140 avtomobilini ham birga buzib, birga tuzatishadi. Birinchi muhabbatni ham birga boshdan kechirishadi — ularning ishqi sinfga yangi kelgan Lola ismli qizga tushadi. Bu ularning orasiga nifoq soladi; Hamdam va Javohir hatto bir-birlari bilan olishadilar, Baxtiyor ularni ajratadi. Biroq Lola Londonga joʻnab ketadi, u yerda turmushga chiqadi. Bolalar ular Loladek qiz uchun hech kim emasliklarini tushunib, qaygʻuradilar.