Solihaning eri Bahodir ishlab, yaxshiroq pul topish uchun xorijga ketgan. Uning oʼzi kafeda farroshlik qiladi. Qaynonasi va qaynsinglisi esa, Bahodirning yuborgan pullarini oʼzlariga sarflab, Soliha va 2 qiziga bir tiyin ham berishmaydi. Soliha erining sevgani va hech kimi yoʼqligi uchun hammasiga chidab yashashda davom etadi. Kunlardan bir kuni u tasodifan “Mehribonlik uyi”da birga oʼsgan Davlatni uchratib qoladi. Davlat uning qaynsinglisi Nilufar bilan uchrashib yurar va niyati jiddiy edi. Аmmo, Nilufarga oʼz mehnati bilan oyoqqa turib, hozirda oʼziga toʼq tadbirkorga aylangan Davlatning faqatgina pullari kerak edi xolos. Solihaning vijdoni qiynalib, Davlatga haqiqatni aytib qoʼyadi. U esa, Nilufarning asl maqsadini bilgach, undan voz kechadi. Boy yigitdan ajrab qolganiga chidolmagan Nilufar esa, onasiga aytib, Solihani 2 ta qizi bilan uydan koʼchaga haydatib yuboradi! Buning ustiga ona-bola “suyuqoyoq” deb, Solihaga qattiq tuhmat qilishadi. Bolalari bilan koʼchada qolgan Solihaning taqdiri qanday kechadi? Xorijdan qaytgan eri Bahodir endi uning pokligiga ishonadimi? Soliha va farzandlarini oldinda yana qanday sinovlar kutib turibdi?