Behzod aka chegaraga tutash boʼlgan hududdagi qishloqda, oʼz kasbini vijdonan bajarib kelayotgan harbiy. Kutilmaganda qishloqda xonadonlardan mollar yoʼqola boshlaydi. Bu orada qishloq kotibasi Halima opaning ukasi Gʼofur aka opasinikiga mehmonga keladi. Behzod aka negadir undan shubhalanadi. Аmmo, unda dalil yoʼq edi. Halima opa hammani “ukam xorijda ishlab kelgan” deb, ishontirgan boʼlsa ham, aslida Gʼofur aka uzoq muddat ozodlikdan mahrum etilgan shaxs edi. U qishloqqa kelgach, u yerda qamoqda oʼzi bilan birga muddat oʼtagan tanishi Jonibek bilan til biriktirib bir mudhish reja tuzgan edi... Gʼofur aka qishloqda bu rejasini amalga oshira oladimi? Behzod aka-chi? U Ichki ishlar xodimlari bilan Gʼofur akani jinoyat ustida qoʼlga tushira olarmikan?