Qodir aka Xumora degan qizni sevgan. Undan farzandi Rustam tugʼilgan. Аmmo, Qodir aka oilali boʼlgani uchun, oilasidan voz kecha olmagan. Rustamni esa, oʼz qaramogʼiga olgan. Bu Qodir akaning ogʼriqli siri edi. Qodir akaning katta oʼgʼli Ravshan oʼziga ishongan, aqlli yigit. Rustam esa, yosh, soddaroq, ammo, oʼqishga, ilm olishga berilgan yigit. U Nodira ismli qizni yoqtiradi. Ravshan va Rustam oʼzaro ahil, ammo, ikkovi bir-birining ishiga aralashishmaydi. Bir kuni Toʼraxon aka Qodir akaga bir noqonuniy ishni hal qilib berish uchun, pora koʼtarib keladi. Аmmo, Qodir aka rozi boʼlmaydi. Shunda Toʼraxon aka, doʼsti Roziqni Qodir akadan qasd olish uchun yollaydi. Roziq aka giyohvand moddalar savdosi bilan shugʼullanardi. U Qodir akaning doʼsti Rustamni soddaligidan foydalanib, ogʼuga oʼrgatadi. Rustam haqiqiy giyohvandga aylanadi. Ravshan buni bilib qolib, otasiga aytganda, Qodir aka bunga ishonmaydi... Ravshan qanday yoʼl tutadi? Rustam giyohvandlikdan tuzalarmikan?