Farhod Nazarov “Yilning eng omadli tadbirkori” deb, eʼlon qilinadi. Hamma uni “eng omadli inson” deb, eʼtirof etishadi. Аmmo, uning oʼzi omadli inson sifatida, bu mukofotni olishdan bosh tortadi. Chunki, u omadga ishonmasdi! Hamma narsaga oʼz mehnatim bilan erishganman, deb hisoblardi. Shunda uning qarshisiga oʼz omadi inson qiyofasida chiqib, u bilan yuzlashadi! Аgar omadni tan olmasa, hamma erishganlarini bir zumda yoʼqotishi mumkinligini aytadi. Farhod unga ishonarmikan? Uning kelgusi taqdiri qanday kechadi?