«Maktab hayotim» (Мактаб ҳаётим, драма, узбекистан, 2021) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Maktab hayotim

Мактаб ҳаётим

--
--
12+
Год:2021
Жанр:Драма
Oʼqituvchi Shahlo opa oʼz oʼquvchilari va hamkasblarni ham hasharga olib chiqadi. Buni ustiga maktab direktori Rahmatov kelib qoladi va ularni bu ishdan qaytaradi. Shunda Shahlo opa bu ish, boshqarma boshligʼi Shokir Sharipovning buyrugʼi ekanligini aytadi. Rahmatovning oʼzi Shokir Sharipovning qabuliga boradi. Boshqarma boshligʼi gʼazablanib, “hashar” shaxsan hokimning topshirigʼi ekanligini aytib, Rahmatovni ishdan boʼshatmoqchi boʼladi. Аmmo, Rahmatov ham boʼsh kelmaydi. Shunda Shokir Sharipov maktab oʼqituvchilari hasharga chiqishi kerakligini aytib turib oladi. Rahmatov boʼlsa, unga qarshi chiqib, “oʼqituvchini tekin mardikor qilishga chek qoʼyish kerak” deydi. Shokir Sharipov agar uning qarshiliklari davom etsa, baribir ishdan ketishini tushuntirmoqchi boʼladi. Аmmo, Rahmatov oʼqituvchilarga boʼlgan hurmat va ragʼbatni oshirish tarafdori edi. U rahbarlik qilayotgan maktabda ham, “boshqarmadagilar oʼqituvchilarni odam oʼrnida koʼrmasligi” haqidagi muhokamalar davom etardi. Vaziyat oʼzgaradimi? Rahmatov oʼzi istagandek oʼqituvchilarni tekin hasharga olib chiqilmasligiga erisha oladimi?