«Baxt ortidan...» (Бахт ортидан..., комедия, драма, узбекистан, 2015) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Baxt ortidan...

Бахт ортидан...

--
--
12+
Год:2015
Lola oʼgʼli Yodgor bilan eridan beva qolgan edi. Yosh va goʼzal boʼlgani uchun, boshligʼi Аlisher Murodovich unga gap tashlab, oʼziga ikkinchi xotin boʼlishni taklif qiladi. Аmmo, Lola buni rad etadi. U opasi Zebonikida yashardi. Pochchasi aroqxoʼr boʼlib, doim Lolani haydab, janjal qilardi. Shunday kunlarning birida dugonasi Zebo unga Bahrom ismli, Turkiyada yashaydigan yaxshi bir kuyov topganini aytib, ularni tanishtiradi. Boshligʼining tegajoqligi va pochchasining janjallari joniga tekkan Lola Bahromga turmushga chiqishga rozi boʼladi. Аmmo, Bahrom oʼgʼli Yodgorni birga olib ketolmasliklarini maʼlum qiladi. Lola noiloj farzandini tashlab, yangi eri bilan birga Turkiyaga yoʼl oladi. Lolani kelajakda nimalar kutyapti? U oʼzi istaganidek baxt topa oladimi? Oʼgʼli Yodgorning taqdiri qanday kechadi?