yandex image
Nafrat

Nafrat

Нафрат

--
--
12+
Год:2014
Жанр:Драма
Yodgora sodir etgan jinoyati tufayli, jazo muddatini oʼtab, ozodlikka chiqqach, oʼz oʼtmishini eslaydi. U 17 yoshida sevib qolib, oʼgay otasining qarshiligiga qaramay, kambagʼal arxitektor yigit Oybekka turmushga chiqqan edi. Oʼgay otasi uni oʼz qizidek koʼrgani uchun, bu toʼyga qarshi boʼladi, ammo, Yodgora qaysarlik qilib turib olgan edi. Oʼzini boshida ideal yigit qilib koʼrsatgan Oybekning aslida kimligi, toʼydan soʼng maʼlum boʼladi. Qarzlari koʼpligi uchun, u hattoki, Yodgoraning otasi sovgʼa qilgan uyni ham sotib yubormoqchi boʼladi. Bunga qarshilik qilgan Yodgorani kaltaklaydi. Ochiqchasiga unga xiyonat qiladi. Bu orada Yodgoraning qoʼllovchisi boʼlgan oʼgay otasi vafot etadi. Bundan qattiq tushkunlikka tushgan va erining azoblariga chiday olmagan Yodgora, jahl ustida uni shisha sinigʼi bilan qattiq jarohatlaydi. Oybek esa, tuhmat qilib, uni qamatib yuboradi. Ozodlikka chiqqach, Yodgora qizchasi Аsalni eridan qaytarib olmoqchi boʼladi. Аmmo, Oybek bunga qattiq qarshilik qiladi va Аsalni boshqa yoqqa olib ketmoqchi boʼladi. Yodgora oʼz farzandini qaytarib ola oladimi? Oybek-chi? U nima uchun Yodgoradan bunchalik nafratlanadi? Аxir unga sevib uylangan edi-ku... Аsal Yodgorani ona, deb tan olarmikan?