«Tashlandiq» (Ташландик, драма, узбекистан, 2009) | Cinerama.uz - смотреть фильмы и сериалы в TAS-IX в хорошем HD качестве.
Movie poster

Tashlandiq

Ташландик

--
--
12+
Год:2009
Жанр:Драма
Yodgor oʼzini tashlandiq, deb bilardi. Chunki, Yodgorni chaqaloqligida Аkrom bobonining ogʼilxonasiga tashlab ketishgandi. Аmmo, qishloqdoshlari uni “haromi” deyishardi. Chunki, uning onasi qishloq qizi Shirin, shaharlik Dilshod degan yigitni sevib qolib, u bilan shaharga qochib ketgan edi. Shunda Shirinning otasi uni qattiq duobad qilgandi. Dilshod esa, talaba boʼlib, qiyinchiliklarga chiday olmay, institut rektori Аbdulla akaning yolgʼizgina soqov qiziga uylanib, 2 yilga Аngliyaga ketadi. Yolgʼiz qolgan Shirin homiladorligidan xabar topadi. Dilshodni qaerdan topishni bilmaydi. Vaqt oʼtib, bolasi tugʼilgach, u yashayotgan ijara uyning egasi uni haydab chiqaradi. Nima qilishni bilmay boshi qotgan Shirin, borib otasidan kechirim soʼrasa, otasi uni uyga kirgazmaydi. Shunda Shirin noiloj chaqaloq oʼgʼli Yodgorni Аkrom boboning uyiga tashlab ketadi. Аkrom bobo chaqaloqqa rahmi kelib, uni boqib, katta qilib, voyaga yetkazadi. Bu vaqtda oyoqqa turib, badavlat ayolga aylangan Shirin esa, kelib, oʼgʼli Yodgorni olib ketadi. Bu vaqtda qishloqda Yodgorning bezoriliklari oqibatida, qishloqdoshlari uni Ichki ishlarga topshirib yuborishga tayyor edilar. Аkrom bobo ham, noiloj shuning uchun Yodgorni zudlik bilan Shiringa berib yuboradi. Endi Yodgorning taqdiri qanday kechadi? U onasi Shiringa mehr qoʼya oladimi?