Dildora Qahhor bilan uchrashuvga chiqib hafsalasi pir boʼladi. Chunki, Qahhor faqat oʼqishga berilgan, tashqi qiyofasi ham koʼrimsiz bir yigit edi. Shunda Qahhorning otasi-onasi uni bu ahvolda uylanolmasligidan qoʼrqib, Durdona xolasining oʼgʼli Shokirni unga “kuyovjoʼra” qilib, unga Qahhorni qizlar bilan tanishish va gaplashadigan boʼlishi uchun tayyorlashni topshirishadi. Bu orada Dildora Jamshid ismli kelishgan, romantik va aqlli yigit bilan tanishib qoladi. Dildora kimni tanlaydi? Qahhornimi yoki Jamshidni? Shokir Qahhorga “kuyovjoʼra”likni qanchalik qoyillatadi?