"Аbror doʼsti Farhod bilan birga avtoustaxonada ishlashadi.
Farhodning opasi Ruhiy kasalliklar kasalxonasidan qochib keladi. Аbror uni tinchlantirib, doʼsti Farhod bilan birgalikda yana kasalxonaga joʼnatishadi. Аbrorning tugʼilgan kunida, doʼstlari bilan mashinada, yoʼlda mashinada ketishayotganda, bir kaptiva mashinasi ulardan oʼzishga harakat qiladi. Аmmo, Аbror oʼz mashinasida undan oʼzib ketadi. Shunda mashina egasi, ularning yonida toʼxtab, mashinasi motorini koʼrmoqchi boʼladi. Mashinada uning singlisi Shaydo ham bor edi. Аbror bir koʼrishdayoq Shaydoga koʼngil qoʼyadi. Аmmo, Shaydo unga ahamiyat berarmikan? Аbror oʼzini oldinda nimalar kutayotganidan bexabar edi...
"