Seni o'zim boy qilaman
Сени узим бой киламан
--
--
12+
Год:2016
Страна:Узбекистан
Жанр:Драма
Аziz aktyor boʼlib, u bir klipda aktrisa Laylo bilan birga suratga tushayotganda, yoniga doʼstlari Sobir va Davron kelishadi. Davron xonanda boʼlib, Sobir unga oʼzicha prodyuserlik qilar va qoʼllab-quvvatlardi. Ular kechga yaqin Davron qoʼshiq aytayotgan restoranda koʼrishib, unga klip suratga olishni, unda Аziz va Laylo suratga tushishini niyat qilishadi. Аmmo, buning uchun juda katta mablagʼ zarur edi. Oʼsha vaqtdagi eng mashhur xonanda Olchinbek boʼlsa, prodyuseri Bekzod akaga katta ketib, “Endi meni aytganim boʼladi! Sizni oʼzi men odam qilganman! Meni ortimdan pul topib, uy-joy, mashina olgansiz!” deb taʼna qilib, koʼpchilik ichida haqoratlaydi. Bunday hurmatsizlikni qabul qila olmagan Bekzod aka undan voz kechadi. Bir kuni u tasodifan restoranda, Davronning qoʼshigʼini eshitib qolib, uni hamkorlikda ishlashga taklif etadi. “Seni oʼzim boy qilaman, haqiqiy yulduz boʼlasan!” deb, vaʼda beradi. Davron rozi boʼladi va bor kuchi bilan ijodga shoʼngʼib ketadi. Natijada uning toʼylari koʼpayadi, mukofotlarga ega boʼladi, mashhurlikka erisha boshlaydi. Klipida suratga tushgan aktrisa Layloga koʼngil qoʼyadi. Аmmo, uning onasi Malika opa qattiq betob edi. Bir kuni u toʼyda ekanligida onasining tobi qochib qoladi. Davron shunda qanday yoʼl tutadi? Uning prodyuseri bilan hamkorligi qanday davom etadi? Davron va Layloning munosabatlari taqdiri qanday kechadi?
Похожие