Sevgi fazosi
Севги фазоси
--
--
12+
Год:2005
Страна:Узбекистан
Behzod kinoteatrda kino qoʼyadi. U kunlardan bir kuni u yerda chiroyli bir qizni uchratadi. Kutilmaganda kinoteatr taʼmirlash ishlari tufayli yopiladi. Shunda Behzod u qizni izlab topishga ahd qiladi. Аfsuski topganda, Gulini eri bevaqt vafot etganligi, uning beva ekanligi maʼlum boʼladi. Yodgor va Jahongir oʼzlari tanlagan institutga oʼqishga kirib, talaba boʼlishadi. Shundan soʼng, ota-onasi Jahongirni uylantirish harakatiga tushadilar. Jahongir sovchi orqali uchrashuvga chiqib, onasi tanlagan qizni yoqtirib qoladi. Аmmo, u qiz oʼzini Dilshod degan sevgan yigiti borligini aytib, undan sovchilarni qaytarishni soʼraydi. Jahongir tushkunlikka tushib qoladi. Chunki, oʼsha qizni sevib qolgandi. U qiz aytgandek qiladi. Keyin esa, oʼzi boshqa bir necha qizlar bilan uchrashuvga chiqadi. Аmmo, hech birini u qizga oʼxshatolmaydi va oʼziga oʼsha qizdan boshqasi kerakmasligini tushunib yetadi. Yodgorni esa, tasodifan Munisa mashinada urib yuboradi. Ular tanishishadi. Ikkovi bir-biriga koʼngil qoʼyishadi. Lekin, Munisaning tugʼilgan kunida dugonasi, Yodgorni unga yozgan maktubini ommaga oʼqib berib sharmanda qiladi. Bu esa Yodgorga qattiq tegadi. Munisa buni hazilligini aytadi, ammo, Yodgor uni kechirmaydi. Bu tengdosh uch yigitning taqdiri qanday kechadi? Behzod Gulini qaytadan yangi hayot boshlashga koʼndira oladimi? Jahongir oʼz sevgilisini qaytara oladimi? Yodgor Munisani kechira olarmikan?