
О фильме
Jahon polvon qishloqning ori hisoblanadi. Uning kuragi yerga tegmagan, doim gʼolib boʼladi! Bir kuni u sovringa novvos yutadi! Otasi u bilan juda faxrlanadi va novvosni uning toʼyiga ataydi. Jahon polvon qishloqdoshi Lazizani sevadi. Lekin, unga lekin qishloqdoshi Hamid koʼz olaytirib yurardi. Laziza esa, shaharda oliygohda oʼqishni istashini aytib, bu maqsadini amalga oshiradi. Jahon polvonni ham oldinda cheksiz mashqlar va chempionat kutardi. Bu orada Lazizani yoshi oʼtib qoladi, deb tashvishlangan buvisi, uni tezroq erga berib yuborish kerakligi haqida gapiradi. Oʼz onasiga qarshi chiqa olmagan Lazizaning otasi, kelgan sovchilardan Hamidning oilasiga rozilik beradi! Bu vaqtda esa, Jahon polvon chemponatda, navbatdagi jangga tayyorgarlik koʼrayotgan edi... Laziza Hamidga turmushga chiqadimi? Jahon polvon gʼolib boʼla oladimi? Ularning muhabbati taqdiri qanday kechadi?
Страны:
Жанры:
Длительность:
0 мин
Ограничение:
12+
Языки:
en
Оценки: