
О фильме
"Gulnoza va Shahnoza ikkovi opa-singil. Ular hamshira boʼlib ishlashadi. Shahnoza hayotga biroz yengil qaraydi va Jaʼfar ismli yigit bilan uchrashib yuradi. Badavlat otaning yakka oʼgʼli Farhod avariyaga uchrab koʼzi ojiz boʼlib qoladi va opa-singil ishlayotgan kasalxonaga tushib qoladi. Gulnoza unga qarab, tirgak boʼladi. Farhodning koʼzlari vaqtinchalik ojiz boʼlib qoladi va hech narsani koʼrmaydi. Shu vaqtda Gulnoza uning koʼnglini koʼtarib, mehribonchilik qiladi. Farhod uni koʼrmay turib, unga koʼngil qoʼyadi. Farhodning koʼzi ojiz boʼlib qolganini koʼrib, qayligʼi Nigora ham undan voz kechadi. Shahnoza oʼzi uchrashib yurgan Jaʼfarga Farhod haqida aytib beradi. Uning boyligini bilgan Jaʼfar reja tuzib, uni amalga oshirishga Shahnozani koʼndiradi. Shahnoza bir bahona bilan oʼz opasi Gulnozani ishdan boʼshattirib, oʼrniga “men Gulnozaman” deb, Farhodni aldashni boshlaydi. Koʼzlari koʼrmayotgan Farhod unga ishonadi. Farhodning koʼzlari tuzaladimi? U haqiqatning tagiga yetadimi? Gulnoza-chi? Uning taqdiri qanday kechadi? "
Страны:
Жанры:
Длительность:
1 ч 19 мин
Ограничение:
12+
Языки:
unknown
Оценки: