Sobir akaning jiyani, yaʼni qassob togʼasining oʼgʼli Doniyor, badavlat xonadon egasi Rustam akaning qizi Shahloni sevadi. Sobir aka avtobus haydaydi, kamtargina hayot kechiradi. Shuning uchun ham, Rustam akaning xotini Doniyorning sovchilarini mensimay rad javobini beradi. Shunda Doniyor Sobir akani frantsuz dizayneri qiyofasida Rustam akanikiga mehmonga borishga koʼndiradi. Sobir aka Doniyor bilan birga Frantsiyadan kelgan dizayner boʼlib, unikiga tashrif buyuradi. Rustam aka qachon bu yolgʼonni fosh etadi? U yolgʼiz qizini Doniyorga turmushga berishga rozi boʼladimi? Shahlo va Doniyorning muhabbati taqdiri qanday kechadi?