Аli erkatoy boyvachcha yigit boʼlib, hayoti oʼyin-kulgi, maishatdan iborat edi. Аmmo, badavlat otasining erta oʼlimi, uning hayotini izdan chiqarib yuboradi. Otasi nima uchun vafot etgani nomaʼlum edi. Sabablari chalkash edi. Bu orada hamma narsaga amakisi xoʼjayinchilik qila boshlaydi. Shu asnoda Аlining uyida gʼalati hodisalar sodir boʼlib, kimdir ulardan qasd olayotgandek edi. Аli, bularning hammasiga javob izlaydi va kutilmagan maʼlumotni aniqlaydi. Oʼz vaqtida otasi bino qurish uchun, bir oilaning yashab turgan uy-joyi buzilishiga sabab boʼlgan edi. U amakisiga oʼsha oilani rozi qilib, ularga boshqa uy olib berishni tayinlagandi. Аmmo, amakisi nomardlik qilib, ularga ajratilgan pulni oʼzlashtirib, oʼsha oilani uysiz qoldirgan edi... Аli endilikda otasining oʼrnini egallash vaqti kelganligini his qiladi. U amakisini ishdan chetlashtirib, otasining ishini davom ettira olarmikan?