Ubaydulla akaning oʼgʼli Bahrom xorijga ishlashga ketadi. Аmmo, uni ishga olib ketgan odam, pasportini olib qoʼyib, oʼzini qullikka sotib yuboradi. Bahrom bir amallab u yerdan qochib, Vatanga qaytadi. Аmmo, uyga qaytganda esa, otasi Ubaydulla akani soxta doʼstlari biznes qilishga koʼndirib, katta miqdorda qarz oldirib, chuv tushirishgan edi. Ubaydulla akaning 8 million qarzi boʼlib, agar toʼlamasa, garovga qoʼyilgan yagona boyligi boʼlgan uyidan ayrilishi mumkin edi. Shunda Bahromning doʼstlari yordamga kelib, unga bor yiqqan pullarini olib kelishadi. Аmmo, yigʼilgan pul bir million ham chiqmaydi. Shunda noiloj yigitlar oʼgʼirlikka qoʼl urib, amallab qarzni toʼlashadi va Ubaydulla akaning uyini saqlab qolishadi. Bahrom JEK ka ishga kiradi. Soʼng, Аziza ismli yaxshi qizga koʼngil qoʼyadi. Lekin, Аziza ular pulini oʼgʼirlagan insonning qizi boʼlib chiqadi. Bahrom nima qilishni bilmay ikki oʼt orasida qoladi. Аzizadan voz kechishni ham, haqiqatni tan olishni ham bilmay qoladi. U qanday yoʼl tutadi? Puli oʼgʼirlangan Аzizaning otasi Bahromga chora koʼradimi? Bahromning kelgusi taqdiri qanday kechadi?