yandex image
Boshga tushganni ko'z ko'rar

Boshga tushganni ko'z ko'rar

Бошга тушганни куз курар

--
--
12+
Год:2020
Keksa Mahmud aka mahalladagi hamma qoʼshni erkaklarni yigʼib, baliq oviga otlanadi. Lekin, yon qoʼshnisi Tolib akani aytmaslikni qoʼshnilarga tayinlaydi. Qoʼshnilar biri xotinini olib bormoqchi boʼladi. Biri esa, xotinidan choʼchib rozi boʼlgisi kelmaydi. Аmmo, Mahmud aka ularning xotiniga oʼzi tushuntirishini aytib, koʼndiradi. Belgilangan kuni baliq ovidan xabar topgan yon qoʼshni Tolib aka Mahmud akanikiga kirganda, ular allaqachon ovga ketib boʼlishgan edi. Mahmud akaning xotini “Qoʼshni ular ketib boʼlishdi. Sizni esdan chiqarib qoʼyishibdi. Аtay qilishmadi.” deb, erini oqlagan boʼlsa ham, Tolib aka oʼzini ataylab qoldirib ketishganini biladi. “Shu mahallada meni ataylab esdan chiqarib boʼladimi?” deb, gʼazablanadi. Ularni topib borib, dabdalasini chiqarishga ahd qiladi. Аlamzada Tolib aka, Mahmud aka va qoʼshnilaridan qasdini oladimi? Mahmud aka va qoʼshnilar-chi? Uzoq kutilgan baliq ovi baroridan keladimi? Shu baliq ovi tufayli qanday kutilmagan voqealar boshlanadi?