Malika Dilshodovna katta bir korxonaning rahbari, ammo hali turmushga chiqmagan. Uni xodimlari “zahar” deb, taʼriflashadi. Аmmo, xodimlaridan biri uni jonidan ortiq sevadi. Lekin, u xodim onasining izmidan chiqolmaydigan va doim unga hisob berib yashaydigan yigit. Malika Dilshodovnaning esa, koʼngli oʼzining Nodir ismli doʼstida edi. Nodir xorijga oʼqishga ketganda, u haqida “oʼzi bilan birga oʼqishga ketgan Nargiza ismli qizga uylanibdi” degan xabarlar tarqalgan. Bundan yuragi ezilgan Malika undan voz kechgan va alamini ishdan olib, muvaffaqiyatli karʼera qilgan edi. Kutilmaganda Nodir xorijdan qaytib, yana Malikaning hayotiga qaytmoqchi boʼladi. Oʼzining uylanganligi haqidagi gaplar, oʼsha Nargizaning hiylasidan boshqa narsa emasligini aytadi. Аmmo, Malikani ishontirish oson emasdi! U endi qanday yoʼl tutadi? Nodirga ishonadimi yoki u haqidagi gaplarga? Nargiza-chi? U osongina Nodirdan voz kecharmikan? Bu orada Malikaning yoʼqolib qolishi, korxona xodimlarini oʼylantirib qoʼyadi.