Doniyor badavlat oilaning oʼgʼli, uning laqabi Xon. Uning otasi katta tadbirkor. Doniyorning doʼsti Zohid uni giyohvand moddalar isteʼmol qilishga oʼrgatadi. Chunki, Zohidning otasi katta ogʼufurush, u giyohvand moddalar savdosi bilan shugʼullanadi. Bir vaqtlar Doniyorning otasi uni 10 yilga qamatib yuborgan. U buning qasdining Doniyordan olish niyatida edi! Zohid har kuni Doniyorni tungi kafega taklif qilib, u yerda giyohvand modda bilan siylaydi va muntazam isteʼmol qilishga oʼrgatib oladi. U yerda ishlaydigan ofitsiant Raʼno, avvaliga Doniyorga yordam bergandek koʼrinadi. Аmmo, aslida u ham Zohid tarafga xizmat qilardi... Doniyorning taqdiri qanday kechadi? U ogʼu balosidan qutila oladimi?