Аkmal akani yangi boshlangan loyihasi kasodga uchraydi va 200 million zarar koʼradi. Bu u ishongan xodimi Sherzodning biznes rejasi asosidagi loyiha boʼlib, juda puxta ishlangan edi. Sherzod nimada xato qilganini bilolmay hayron boʼladi. Shunda Аkmal aka Sherzodga zararni qoplash uchun 2 kun muhlat beradi. Sherzod noiloj uyini garovga qoʼyib kredit olib, qarzini yopadi. Аmmo, Аkmal aka noinsoflik qilib, uni boshqaruv ishidan olib, kadrlar boʼlimiga qoʼyib, maoshini 2 barobar qisqartirib qoʼyadi. Sherzod tushkunlikka tushadi. Аkmal akaning ham oʼz muammosi bor edi Uning oʼgʼli juda bebosh boʼlib, doim ishkal chiqarar va Аkmal aka uning ortidan doim boshi egilib qolardi... Sherzod endi qanday yoʼl tutadi? U oʼz hovlisini qaytarib ola oladimi? Аkmal akaning bebosh oʼgʼli insofga keladimi?