Xasta

О фильме
Said goʼrkov boʼlib, halol mehnat qiladi. U qabr qazishni savobli ish deb hisoblaydi. U Umida bilan yaqin munosabatda, unga uylanish niyatida, ammo uni sevmaydi. Kunlardan bir kuni u tasodifan koʼchada mashina yoʼlidan oʼtolmay, yoʼl oʼrtasida sarosimada qolib ketgan Lola ismli koʼzi ojiz qizga duch keladi. Unga rahmi kelib, yoʼldan oʼtkazib qoʼyadi. Soʼng, uni uyigacha kuzatib qoʼyadi. Lola aslida badavlat insonning qizi boʼlib, oʼsha kuni xizmatchi ayol bilan koʼchaga aylangani chiqib,mustaqil harakatlanib koʼrmoqchi boʼlgan edi... Shundan soʼng, kutilmaganda Said oʼsha koʼzlari ojiz qiz Lola uning xayolidan ketmay qolganligini his qiladi. Uning yuragida Lolaga nisbatan sof tuygʼular uygʼongandi. Аmmo, bu muhabbatning taqdiri qanday kechadi? Badavlat ota oʼzining yolgʼiz qizini goʼrkovga turmushga berishi mumkinmi? Said va Umidaning munosabati taqdiri nima boʼladi?
Страны:
Жанры:
Длительность:
1 ч 24 мин
Ограничение:
12+
Оценки:
