yandex image
Tanlov

Tanlov

--
--
16+
Год:2024
Yarim tun. Kimsasiz makonda kulbada ishlayotgan kiber jinoyatchi guruh, muhim topshiriq bilan mashg‘ul. Universitet bazasida saqlanadigan qimmatli ixtirolarni o‘g‘irlashga urinishadi. Biroq kutilmaganda “Access Denied” tugmasi paydo bo‘lib blokka tushishadi. Kuchli himoyalangan tizimni buzib kirolmagan xakerlar tuni bilan urinishadi va bu himoya tizimi kim tomonidan amalga oshirilayotganini bilishga qiziqishadi… Yosh va iste’dodli dasturchi Temur, o‘zi tahsil olayotgan universitetida kiberxavfsizlik bo‘yicha yetakchi talaba hisoblanadi. Kutilmaganda global kiber jinoyatchilar guruhining nishoniga aylanganini anglab yetganida hayoti butunlay o‘zgarib ketadi. Bu jinoyatchilar dunyo bo‘ylab moliyaviy tizimlarni va shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashni rejalashtirgan. Biroq Temur har safar ularning ishlariga xalaqit berib keladi. O‘zining yangi proyektlari, kiber jinoyatga qarshi kurashuvchi yangi dasturlari loyihalari bilan ularning ishlarini yo‘qqa chiqaradi.