Bu film kambag‘al yigit va boy oilaning qizi o‘rtasidagi muhabbat hikoyasi haqida.Yigit ko‘chada hanum sotib, shu orqali onasi va singlisini boqadi. Qiz esa nufuzli universitet talabasi, o‘z mashinasi bor va hashamatli uyda yashaydi. Ular tasodifan tanishib qolishadi, qiz buni jiddiy qabul qilmaydi. Ammo yigit allaqachon oshiq bo‘lgan!
Yigit uning sevgisini qo‘lga kiritishiga qat'iy ishonadi, shu sababli uni barchasi tentak deb ataydi. Aynan o‘zining oddiyligi, samimiyligi va manfaatparastlikdan yiroqligi bilan u qizning qalbini zabt etadi. Ularning birga bo‘lishiga qizning oilasi qarshi chiqadi, chunki ota-onasi uni badavlat yigitga unashtirmoqchi edi. Biroq, oilaning dono boshlig‘i bo‘lgan otasi ularning ittifoqiga o‘z roziligini beradi. Hamma narsa hal bo‘lib, ularning baxtiga hech kim xalaqit bera olmasdek tuyuladi. Ammo hayot hech qachon bu qadar oson bo‘lmagan… Yigit boy kuyov bo‘lishni istagan insonga qurbon bo‘ladi. Qiz esa hayotdagi ma'nosini yo‘qotadi va...