
О фильме
Sanjar oʼz biznes loyihasini amalga oshirish uchun, oʼzining hashamatli uyini sotib, oddiygina koʼpqavatli uydan ijara uy topib, oilasi bilan birga koʼchib oʼtadi. Yaʼni, bu loyihaga borini tikib, tavakkal qiladi. Hamkorlari biznes loyihasini maʼqullab, oʼylab koʼrishlarini aytishadi. Аmmo, yakuniy hal qiluvchi uchrashuv kunida afsuski, u uxlab qolib, uchrashuvga kech qoladi. Loyihada birga ishlayotgan doʼstini esa, mashina urib ketadi. Natijada, hamkorlari qoʼngʼiroq qilib, loyihaga homiylik qilishdan bosh tortishadi. Sanjar borini yoʼqotganidan afsuslanib, koʼchada nima qilishni bilmay alam bilan, oʼylanib turganda, unga bir notanish yigit duch keladi. Yigit avvaliga unga taqdir haqida nasihat qiladi. Аmmo, Sanjar “etib kelgan joyim shu ekan-da, men bekorga yuguribman-da” deb, jahli chiqqanda, yigit “mayli, sen aytgancha boʼla qolsin” deb ketadi. Sanjar hayron boʼlib, uning ortidan qarab qoladi. Ertasi kuni Sanjar yana oʼsha kunga qaytib, uyqudan uygʼonadi va oʼsha kun boshidan boshlanib, doʼsti tirik qoladi. U esa, hamkorlar bilan uchrashuvga vaqtida yetib borib, shartnomani imzolaydi. Аmmo, u oʼzini oldinda nimalar kutib turganligini bilmas edi... Sanjar biznesda oʼzi istagandek muvaffaqiyat qozonib, yana hashamatli uyini qaytarib oladimi? Uning kelgusi taqdiri qanday kechadi?
Страны:
Жанры:
Длительность:
1 ч 25 мин
Ограничение:
12+
Оценки: