Jonibek qishloqda oʼsgan xayolparast, oʼzida Jeyms Bondni yasab olgan yigit. U qoʼy boqadi. Qishloqdoshi Аnorani sevadi. Uning ukasi esa, hamma narsani videokameraga olishni yaxshi koʼradi. Rejissyor boʼlishni istaydi. Kino olish uchun ota-onasidan 10 ming dollar soʼraydi. Ota-onasi kulishadi. Kunlarning birida Jonibekning doʼsti Toʼychi “Toshkentda millioner boʼlib ketdim”, deb doʼstini ham Toshkentga chaqiradi. Jonibek uning gapiga ishonib, oʼz qoʼylarini sotib, pulini biznesga tikkani Toshkentga boradi. Аmmo, u yerga borib, Jonibek doʼsti uni aldaganini tushunib yetadi. Oʼsha doʼsti tufayli pullaridan ayriladi. Lekin, Jonibek tushkunlikka tushib oʼtiradigan yigit emasdi. U institutga hujjat topshiradi va tasodifan katta ferma rahbari Baxtiyor Botirov bilan tanishib, fermaga ishga kiradi. Uni oldinda yana nimalar kutyapti? U oʼzi orzu qilgandek millioner boʼla oladimi?