yandex image
Qizalog'im

Qizalog'im

Кизалогим

--
--
6+
Год:2014
Sherali dastlab yengiltabiat yigit boʼlib, juda koʼp qizlar bilan munosabat oʼrnatar va keyin ularni aldab tashlab ketar edi. Qizlar unga ishonib, uning soxta muhabbatiga aldanib qolishardi. Shunday qizlardan biri Nigora oradan 2 yil oʼtgach, kutilmaganda qoʼlida qizchasi bilan uni topib keladi va boshqa insonga turmushga chiqayotganini, qoʼlidagi qizcha Sheralining farzandi ekanligini aytib, bolasini unga tashlab, qochib ketadi. Sheralining otasi bu xabarni eshitib, toki Nigorani topib kelin qilib olib kelmas ekan, uni oʼzini ham, qizini ham qabul qilmasligini aytib, uydan haydaydi. Sherali noiloj Toshkentga kelib, qoʼlidagi qizchasi bilan Nigorani qidirishni boshlaydi. Аmmo, uni hech qaerdan topolmaydi. Shunda pulsiz, sarson boʼlib yurganda, tasodifan sirkka masxarabozlikka ishga olishlari haqidagi eʼlonni koʼrib qoladi. Borib, ishga joylashadi va qizchasini astoydil taʼminlashga, unga baxtli bolalik yaratib berishga harakat qila boshlaydi. Bu orada Zilola ismli turmushi buzilgan qizni uchratib, u bilan qonuniy oila quradi. Zilola Sheralining qizchasini oʼz qizidek qabul qilishga tayyor edi. Аmmo, Sherali oldinda, oʼzini shu qizchasi bilan bogʼliq qanday muammolar kutib turganligidan mutlaqo bexabar edi....
  • Наргиза Салмонова
  • Отабек Мирзахолов
  • Отабек Махкамов