
О фильме
Bobur va Temur bolalikdan birga katta boʼlgan sinfdosh doʼstlar edilar. Bobur aqlli, bilimli va masʼuliyatli yigit boʼlib, oliygohda dars berar, dissertatsiya yozayotgan edi. Temurni esa onasi bozorda savdo qilar, u boʼlsa onasiga yordam berish oʼrniga bar va diskotekalarda bekorchilik bilan vaqt oʼtkazar edi. Shunday kunlardan bir kuni Temur oʼz tugʼilgan kunini nishonlash uchun Boburni birga futbol koʼrishga, kafega chaqiradi. Аmmo, u yerda Temurning gapi tufayli janjal chiqadi. Doʼstlar bir amallab u yerdan qochib qolishadi. Qochib, bir barga kirib qolishadi. Bar ularga gʼayritabiiy joydek tuyuladi. U yerdagi barmen ham qandaydir gʼalatiroq odam edi. U ularga bir kokteylь taklif qiladi. Doʼstlar shu paytda oʼzaro gaplashib, ikkovi bir-birining hayotiga havas qilishi va oʼrnida boʼlib qolgisi kelayotgani maʼlum boʼladi. Kokteyldan ichib, uygʼonganlarida esa, ikkovi rostdan ham bir-birlari bilan oʼrin almashib qolgan edilar... Endi ularning taqdiri qanday kechadi?
Страны:
Жанры:
Длительность:
1 ч 36 мин
Ограничение:
12+
Языки:
en
Оценки: