Rustam kursdoshi badavlat Nigorani sevadi. Ikkovi bir-biri bilan bahslashib, tortishib yurishadi va sevgini tan olishni hohlashmaydi. Oxiri Nigora taslim boʼladi. Chunki, u ham Rustamni sevardi. Аmmo, Nigoraning badavlat otasi Rustamning akasi sovchi boʼlib borganda, uni yerga urib tashlaydi. Bu Rustamning gʼururiga tegadi. U nima qilib boʼlmasin, Nigoraning otasidan qasd olishga qaror qiladi. Shu maqsadiga yetish uchun, Nigoraning otasini kasodga uchratadi. Oradan yillar oʼtadi. Rustam badavlat boʼlib, shaharga qaytadi. Endi oʼrinlar almashgan. Nigora kambagʼal, Rustam esa, badavlat edi... Аmmo, ular oʼrtasidagi muhabbat tuygʼulari soʼnmagan edi... Rustam va Nigoraning muhabbati taqdiri qanday kechadi?