yandex image
Tungi mehmon

Tungi mehmon

Тунги мехмон

--
--
6+
Год:2014
Jahongir va Behzod qishloqqa toʼyga kelib, qaytib ketishayotganda, yarim yoʼlda ular oʼtirgan mashina buzilib, begona joyda sovuq tunda koʼchada qolib ketishadi. Eng yomoni esa, shaharga qatnaydigan eng oxirgi avtobus ham, ketib qoladi. Yigitlar sovuqda qaltirab, qaerga borishni bilmay, qishloqdagi begona uylarning eshigini taqillatib, bir kecha yotib qolishga joy soʼrashadi. Аmmo, ulardan qoʼrqib hech kim uyga kiritmaydi. Shunda Behzodning miyasiga ajoyib fikr keladi. U Аzim aka Boʼriyev degan insonning ismi-sharifini bilib olib, uning uyi eshigini taqillatadi. Eshikni Аzim akaning oʼgʼli Nortoy ochadi. Yigitlar uyga kirgach, Behzod amallab shu uyda tunab qolish uchun, yolgʼondan oʼzini Аzim akaning oʼgʼli qilib koʼrsatadi. Nortoy va Аzim aka bu yolgʼonga chippa-chin ishonadilar. Chunki, Аzim aka yoshlikda Gulzoda ismli qizni sevgan edi. U Behzodni Gulzodaning oʼgʼli, deb oʼylaydi. Shu payt mehmonlarga joy tayyorlab berish uchun kirgan Аzim akaning qizi Sevinchni koʼrib, Behzod unga oshiq boʼlib qoladi. U endi ikki oʼt orasida qoladi. Bir tarafdan Аzim akaning savollariga adashmay javob berish, oʼgʼli sifatida yolgʼonni adashmay davom ettirish kerak. Boshqa tarafdan u Sevinch yaqin orada turmushga chiqishini eshitib, dardu dunyosi qorongʼu boʼladi. Behzod qanday yoʼl tutadi? Yigitlarning yolgʼoni fosh boʼladimi? Sevinch-chi? U Behzodga qanday munosabatda?