Farhod aka katta qizi Layloni Jasurga turmushga berib, uni ichkuyov qilib olgan. Katta kuyovi Jasur vaqt oʼtib, xotini homilador boʼlgach, qaynotasini jonidan toʼydirib kechasi bilan chaqib chiqqan barabanlarini sotib yuboradi. Farhod aka xursand boʼlganidan, oʼsha olgan yigitlarga barabanlar pulini toʼlashib yuboradi. Jasurning xotini Laylo homilador boʼlganda, uning oʼziga boshqorongʼi boʼlgan edi. Shuning uchun, endi erini beliga arqon bogʼlab, yonidan jildirmaydigan odat chiqaradi. Bu vaqtda Farhod akaning ikkinchi qizi Sevara ham boʼyga yetib qolgan edi. Sattor karnaychi esa, uning ikkinchi qizi Sevarani sevib qolgan boʼlib, u Farhod aka bilan koʼrishib, gaplashib olishga, uning ofisiga keladi. Boʼlajak kuyovini karnaychiligini eshitgan Farhod aka, hushidan ketib qoladi. Oʼziga kelgach, Sattorni uyga taklif qilib, gaplashadi. Sattor uni “sizga qizim emas, kasal kuchugimni ham bermayman” degan gapini eshitib, hushidan ketib qoladi. Buni koʼrib, Sattor aka uni kuyov qilishga rozi boʼladi. Faqat u ham ichkuyov boʼlishi kerak edi. Sattor rozi boʼladi. Аmmo, Farhod aka, ikkinchi kuyovi Sattor tufayli, oʼzini yana qanday muammolar kutib turganidan bexabar edi...