Rustam aka mehnat oʼqituvchisi boʼlib, oddiy hayot kechiradi. Rafiqasi doim pul soʼrab, asabiga tegadi. Bir kuni u qizchasini shifokorga koʼrsatish uchun, poliklinikaga olib boradi. U yerdagi shifokor Shaydo uning sinfdoshi ekanligini koʼrib, bir zum hayron boʼlib qoladi. Shundan soʼng, Shaydo orqali boshqa sinfdoshlari bilan ham koʼrishadi. Hammalari hayotda ancha muvaffaqiyatlarga erishgan insonlar edi. Ulardan xijolat boʼlgan Rustam aka, oʼzini mehnat oʼqituvchisi ekanligini yashirib, maktab direktoriman, deydi. Аmmo, bu yolgʼon unga qimmatga tushadi. Chunki, sinfdoshlari uni mansab bilan tabriklash uchun maktabga kelishadi. Maktabda esa, aslida ularni oʼqitgan oʼqituvchisi direktor edi. Rustam aka sobiq sinfdoshlariga oʼzini qanday qilib, direktor sifatida koʼrsatishni oʼylab qoladi. Rustam akaning rejasi amalga oshadimi? U oʼzining direktor ekanligiga sobiq sinfdoshlarini ishontira oladimi? Uning sirlari qachon fosh boʼladi?