"Shavkatboy juda badavlat boʼlsa ham, xotinining vafotidan soʼng, yolgʼiz hayot kechiradi. Bittagina oʼgʼli Sanjarga ham, ishlariga ham biroz eʼtiborsiz boʼlib qolgan. Opasi uni uylantirish harakatida qiz qidira boshlaydi. Shunday kunlarning birida
Mirzakarim aka undan olgan uyning pulini Poʼlat aka orqali yetkazmoqchi boʼladi. Poʼlat aka unga qoʼngʼiroq qilib, pulni oʼz yordamchilaridan yuborishini aytadi. Shavkatboy rozi boʼladi. Shu vaqtda Shavkatboyning oʼgʼli Sanjar, Sobir akadan qiyofasi otasiga oʼxshash boʼlgani uchun, otasining oʼrniga maktabdagi ota-onalar majlisiga borib berishini iltimos qiladi. Sobir aka rozi boʼlib, Shavkatboy qiyofasida koʼchada ketayotganda, Poʼlat akaning yordamchilari, uni Shavkatboy deb, oʼylab pulni unga topshirib ketishadi. Sobir aka bu pullarni koʼrib, esankirab qoladi. Sobir aka qanday yoʼl tutadi? U pullarni Shavkatboyga qaytaradimi? Shavkatboy-chi? U oʼz baxtini topadimi?"