Shokir Nosirovich shokolad ishlab chiqaradigan korxona rahbari boʼlib, fikru xayoli yangi shokolad turlarini yaratishda edi. Bir kuni u oʼgʼli Tursunboyni qoʼshnisi ixtirochi Poʼlat akanikida vaqtincha qoldirib ketadi. Tursunboy esa, laboratoriyada kattalashtirilgan shokoladni yeb qoʼyadi. Natijada, ertasi kuni u ham, tashqi qiyofasi katta yoshli odamnikidek boʼlib qoladi. Uning qiyofasi otasi Shokir Nosirovichga juda oʼxshash edi. Аmmo, miyasi, fikrlashi oʼzgarmagan, yosh bolanikidek edi. Buni koʼrib, Poʼlat aka ham, Shokir Nosirovichning oʼzi ham nima qilishni bilmay, mushkul vaziyatda qolishadi. Poʼlat aka Tursunboyni oʼz asliga qaytara oladimi? Tursunboyning taqdiri qanday kechadi?