Hisobchi Endi Dyufreyn o'z rafiqasi va uning jazmanini o'ldirishda ayblanadi. Shoushenk nomli qamoqxonaga tushib qolganidan keyin u panjaraning ikki tarafida hukmronlik qilayotgan shafqatsizlik va qonunsizlikka duch keladi. Bu devorlar orasiga tushib qolgan har kim umrining so'ngiga qadar ularning quliga aylanadi. Ammo o'tkir tafakkur va mehribon qalbga sohib bo'lgan Endi ham mahbuslarga, ham qo'riqchilarga qanday yondashish yo'lini topadi va o'ziga nisbatan alohida munosabatga erishadi.